Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qamchiq dovonida 28-sentabr kuni yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Qayd etilishicha, soat 18:34 da A-373 avtomobil yo‘lining 256-kilometri — Qamchiq dovoni qismida Toshkent–vodiy yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?