Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezidentning 27-sentabrdagi “Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 24-iyunda imzolangan bitimga muvofiq 25 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 150 million dollar miqdorida qarz ajratilishi nazarda tutilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 194,9 million dollarni tashkil etadi, shu jumladan O‘zbekistonning hissasi 40,2 million dollar ekvivalentida, shundan 26,6 million dollar respublika budjeti hisobidan QQSni qoplab berish va bojxona bojidan ozod etish shaklida bo‘ladi.

Osiyo taraqqiyot jamg‘armasidan 3 million dollar, Osiyo taraqqiyot bankining Yuqori texnologiyalar jamg‘armasidan 0,3 million dollar ajratiladi, fermer xo‘jaliklari ulushi esa 1,38 million dollarni tashkil qiladi.

Loyihani amalga oshirish davrida (2022—2029-yillar) “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan maxsus texnikalar, mexanizmlar va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliq to‘lovlaridan shartli ozod etiladi.

Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oshiriladi.

Suv xo‘jaligi vazirligi loyihani amalga oshirish, qarz va grant mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanish, shuningdek, barcha maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish funksiyalari Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga yuklanadi.

Osiyo taraqqiyot bankining qarzini so‘ndirish, shuningdek, foiz, qarz bo‘yicha komissiya va boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekistonning budjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirdi