Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bitkoin 20 ming dollarlik darajadan yuqoriladi. Kriptovalyutalar umumiy bozor qiymati esa 1 trillion dollardan oshdi. 

Foto: CoinDesk

Foto: CoinDesk

O‘sishga bu hafta jahon bozorlarini qamrab olgan notinchlikdagi tanaffus yordam berdi. Bitkoin o‘tgan hafta 19 ming dollarda tushib ketgan edi. 

Eng yirik token Toshkent vaqti bilan 12:30 holatiga ko‘ra, 20 266 dollar bo‘lib turibdi. Etherium, Solana va Avalanche qiymatlari ham ko‘tarildi.

Kriptovalyutalarning yuqorilashiga global bozorlarda inflyatsiya va retsessiya bilan bog‘liq pul kredir-siyosatining keskinlashuvi fonidan nisbatan xotirjamlik davri sabab bo‘ldi. 

Bitkoinning bozor qiymati avgust o‘rtalarida 500 mlrd dollardan yuqori bo‘lib turgandi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich 387 mlrd dollarga teng. 

2021-yil noyabr oyida kriptovalyuta narxi 69 ming dollargacha ko‘tarilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxorodagi uyda chiqqan yong‘in sabab er-xotin va ularning 3 farzandi halok bo‘ldi
Mahalliy
Samarqandda 2 mast fuqaro janjallashib, biri ikkinchisini urib o‘ldirdi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar