Bitkoin 26-avgustdan beri ilk bor 21 ming dollardan oshdi. Bu haqda “Daryo”ga kriptobirjadan ma’lum bo‘ldi.
Dunyodagi eng yirik kriptovalyutaning ko‘tarilishiga dollarning pasayishi sabab bo‘ldi. Bu esa butun dunyo bo‘ylab xavfli aktivlarga talabni yangiladi.
Bitkoin Toshkent vaqti bilan 17:40 da 21 235 dollargacha oshdi. Bu 27-avgustdan beri eng yuqori qiymatdir.
9-avgust kuni dollar global valyuta savatlariga nisbatan 0,9 foizga pastladi.
Bitkoin iyun va iyul oylarida AQSHda asosiy stavkaning oshishi, inflyatsiya va kriptovalyutalar bilan bog‘liq muammolar tufayli 20 ming dollardan pastga tushib ketgan edi.
CoinDesk portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 9-sentabr soat 20:20 ga kelib virtual valyutaning qiymati 21 185 dollar bo‘lib turibdi.
Bitkoinning bozor qiymati avgust o‘rtalariga nisbatan 60 mlrd dollarga kamayib 461 mlrd dollar bo‘lib turibdi. 2021-yil noyabr oyida kriptovalyuta narxi 68 ming dollargacha ko‘tarilgan edi.