Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika Gidrometeorologiya markazi 26-sentabr, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 32-34 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lish mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Qoraqalpog‘istonda shamolning kuchayishi 21-23 metr/sekundga yetishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lish mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 29-34 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, shamolning kuchayishi 21-23 metr/sekundga yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Avvalroq “O‘zgidromet” 25—27-sentabr kunlari respublika hududiga salqin va biroz nam havo kirib kelishini ma’lum qilgandi. Shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi