Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida fuqaro sariq metalldan ishlangan taqinchoqlarni tilla deb sotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 17-avgust kuni SH.O. M.M ismli ayolning ishonchiga kirib, 1 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini sariq metalldan ishlangan qalbaki taqinchoqlarga almashtirib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada ayol o‘zini IIB binosi oldida yoqib yubormoqchi bo‘ldi
Dunyo
Amerikaliklar “Qora juma”da onlayn xaridlarga rekord darajada ko‘p pul sarfladi
Mahalliy
Toshkentda madaniyat uyi yongani rad etildi. U yerda xodimlar shashlik pishirish uchun ko‘mir yoqqan (video)