Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turkiya BMT Xavfsizlik kengashida amaldagi veto tizimini bekor qilishni zarur deb hisoblaydi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “Rosbalt..ru”

Foto: “Rosbalt..ru”

“Ko‘plab siyosatchilar dunyo BMT Xavfsizlik kengashining doimiy besh a’zosidan ko‘ra kattaroq ekanini ta’kidlamoqdalar ”, — dedi Chavusho‘g‘li BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasidagi ishtiroki paytida jurnalistlarning savollariga javoban.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qilish veto huquqining yaxshiroq muqobili. “Bu masalada eng muhimi — maksimal darajada shaffoflik va adolatni ta’minlash”, — deydi u.

Shuningdek, Chavusho‘g‘li Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning BMTni isloh qilish chaqirig‘i tobora ko‘plab dunyo yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani va buni Bosh assambleyaning so‘nggi sessiyasi ham ko‘rsatganini eslab o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH va Fransiyadan iborat BMT Xavfsizlik kengashida faqat beshta doimiy a’zo veto huquqiga ega.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiri tayinlangan” — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi