Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida savdo hajmi 8,5 foizga o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi “Daryo”ga ma’lum qildi.

2022-yil avgust oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni 26,5 mingtani tashkil etdi. Bu joriy yilning iyul oyiga (20,3 ming) nisbatan 30 foizga (+6,2 ming) ko‘p.

Yil boshidan buyon uy-joy savdosining o‘sishi 8,5 foizni (172,7 ming) tashkil etdi.

Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar soni o‘zgarishi

Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar soni o‘zgarishi
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Avgust oyida ipoteka kreditlash hajmining iyul oyiga nisbatan 37 foizga keskin o‘sishi (1,1 trln so‘mdan 1,5 trln so‘mgacha) barcha hududlarda savdo hajmining ijobiy dinamikasiga ta’sir ko‘rsatdi.

Qoraqalpog‘istonda 2,3 barobar, Samarqand 75 foiz va Jizzax viloyatlarida 41 foiz yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

2021-yil avgust oyi bilan taqqoslaganda ko‘chmas mulk oldi-sotdi bo‘yicha shartnomalar soni 22 foizga (4,7 mingta) oshdi.

Avvalroq Toshkent shahrida so‘nggi bir yilda uylar qimmatlaganiga nima sabab bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?