Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan hududlarda yashovchi ukrainaliklar Rossiyaga qo‘shilish haqidagi referendumlarda ovoz bersa, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “Iz.ru”

Foto: “Iz.ru”

Uning aniqlik kiritishicha, ovoz berish Ukraina Jinoyat kodeksining Ukraina hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish haqidagi moddasi ta’siri ostiga tushadi.

“Harbiy vaqt rejimi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, Ukraina hududida referendumlar taqiqlangan. Referendum tashkilotchilari va ishtirokchilari kodeksning 111-moddasiga ko‘ra jazolanadi — bu mol-mulkni musodara qilgan holda, 15 yilgacha muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinib, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish demakdir”, — deya qo‘shib qo‘ydi Vereshchuk.

Referendumda qatnashganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida Vereshchuk ikki hafta avval ham ogohlantirgandi, o‘shanda ovoz berishni tashkillashtirganlar va unda qatnashishga da’vat etganlarga 12 yilgacha muddat berilishini aytgandi.

20-sentabr kuni DXR, LXR hamda Zaporojye va Xerson viloyatlarining Rossiya kuchlari nazorati ostida bo‘lgan qismlari Rossiya tarkibiga kirish haqida referendumlar o‘tkazilishini bir vaqtda e’lon qildi. Ovoz berish 23—27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bir qator G‘arb mamlakatlari, xususan, Fransiya va Kanada referendumlar natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi. AQSH ularni suverenitet tamoyillariga nisbatan haqorat deb atadi. Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish haqida tahdid qildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy referendumlar haqidagi xabarlardan keyin Kiyevning pozitsiyasi o‘zgarmaganini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi