Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Mahsulot ishlab chiqarish — ko‘plab bosqichlardan iborat murakkab jarayon:

  • go‘shtga ishlov berish va qayta ishlash;
  • shakl berish;
  • qobiq va qadoqni yaratish;
  • mahsulotni laboratoriyada tekshirish;
  • iste’molchi xarid qilishi uchun mahsulotni rastalarga yuborish;
Ko‘pchilik xaridorlar sevimli Rozmetov kolbasasi qanday yaratilishiga qiziqadilar.

Go‘shtni yetkazib berish bosqichida mahsulot sifati nazorat qilinadi, kesishdan oldin Islom dinining barcha qoidalariga ko‘ra duo o‘qiladi, so‘ngra go‘shtni qayta ishlashga kirishiladi.

Mahsulot halollik talablariga javob berishiga alohida e’tibor qaratiladi: unga qo‘shiladigan xomashyo va ziravorlar, ishlab chiqarish xonalari va ish yuritish usuli. “Halol” standartlashtirish va sertifikatlashtirish xalqaro markazining mustaqil komissiyasi Rozmetov mahsulotlarining barcha mezonlarga muvofiqligini muntazam tekshirib boradi va xaridorlar xotirjam bo‘lishlari va iste’mol qilinadigan mahsulotga ishonchi komil bo‘lishi uchun tasdiqlovchi sertifikat beradi.

Barcha kerakli ziravorlarni qo‘shib qayta ishlashdan so‘ng, kolbasaga shakl berish, og‘irligi bo‘yicha qadoqlash va tabiiy qobiqqa o‘rash kerak. Qobiqni yaratishning maxsus uslubiyati kolbasa uzoq vaqt davomida yangi bo‘lib qolishiga va shaklini saqlab qolishiga imkon beradi.

So‘ngra mahsulot qadoqlanadi, Rozmetov korxonasining o‘z laboratoriyasida sinovdan o‘tkaziladi va shundan keyingina do‘kon rastalariga jo‘natiladi, u yerda xaridor uni xarid qilishi va kolbasaning xushbo‘y hidi va ajoyib ta’midan bahramand bo‘lishi mumkin!

Mahsulotni yaratish ko‘p sonli mutaxassislarning mehnatini talab qiladigan murakkab jarayondir

Videolavhani ko‘rib, kolbasa mahsulotlarini yaratishning qiziqarli jarayoni bilan tanishishga taklif qilamiz.

Izohlarda fikringiz va taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing

Rozmetov — oilamizdan oilangizga!

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston Ukraina viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni tan olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi aholi murojaatlarini Telegram-bot orqali qabul qilishni boshlaganini ma’lum qildi
Dunyo
“Farzandlaringizni o‘limga yubormaslik uchun kurashing”. Zelenskiy — Dog‘istondagi safarbarlikka qarshi namoyishlar haqida