Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yevropa Komissiyasi (YK) gazda ishlamaydigan elektr stansiyalari, jumladan, quyosh, geotermal, atom va ba’zi gidroelektr stansiyalari uchun cheklangan daromadlarni joriy etish rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning YKdagi ortiqcha foydasini cheklash orqali ular narxlarning keskin oshishiga duch kelgan iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlamoqchi.

YK shuningdek, bunday kompaniyalardan maxsus jamg‘armaga “birdamlik hissasi” kiritishni talab qiladi, bu fonddan mamlakatlar energiya inqirozi oqibatlarini yumshatish choralari uchun foydalanish mumkin. Taklif loyihasi Bryussel tomonidan shu haftaning boshida e’lon qilinishi mumkin.

Yevropada elektr energiyasining jahon narxlarining oshishi fevral oyi oxiridan, Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urushga javoban Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritganidan beri davom etmoqda.

Avvalroq Yevropada narxlar o‘sishi yangi rekord darajaga yetgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan