Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Latviya poytaxti Rigada “Riga Food-2022” oziq-ovqat mahsulotlari va texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Qayd etilishicha, joriy yilda ushbu ko‘rgazma ishida dunyoning 25 mamlakatidan 400 dan ortiq kompaniya ishtirok etgan. Unda 12 davlat, jumladan, O‘zbekistonning milliy stendlari namoyish etilgan.

O‘zbekistonning 120 kvadrat metr maydonda joylashgan “Made in Uzbekistan” bo‘lmasi eng yirik milliy stendga aylangan holda Latviya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan yuqori martabali ishtirokchilar, salohiyatli sheriklar, iste’molchilar va boshqa mutaxassislar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otgan.

Ko‘rgazmada mamlakat qandolatchilik mahsulotlari: Crafers, N’medov, Lindo Confectionery, Choco Blessed, Sladus, Finland Butter, Shirin Asal Food, tabiiy sharbatlar Natural Juice, Platinum Garden, “Sochnaya dolina”, Viko singari 20 ta eksportyor kompaniya tomonidan namoyish etilgan.

Muzokaralar natijalariga ko‘ra, Latviya va Boltiqbo‘yining boshqa mamlakatlariga quritilgan mevalar, qovun, tarvuz, oshxona anjomlari singari 1 million dollar miqdoriga teng mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi