“Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi 1-avgustdan 31-avgustga qadar metropolitendan foydalangan yo‘lovchilar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bir oyda metrodan umumiy hisobda 8 million 824 ming 145 nafar yo‘lovchi foydalangan.
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalish — “Chilonzor” yo‘li. Bu yo‘nalishdan qolgan 3 tasini (“O‘zbekiston”, “Yunusobod”, “Yer usti halqa yo‘li”) qo‘shib hisoblagandan ham ko‘p odam foydalangan — 5 million 112 ming 174 nafar.
Toshkent metropolitenidan foydalanish yo‘nalishlar kesimida:
- “Chilonzor” yo‘nalishi — 5 112 174;
- “O‘zbekiston” yo‘nalishi — 2 213 705;
- “Yunusobod” yo‘nalishi — 954 958;
- “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi — 543 308.
Izoh (0)