“Manchester Yunayted” Yevropa Ligasining 1-turida “Real Sosyedad”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mankunianliklar joriy mavsum Harri Maguayr asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinlarda mag‘lub bo‘lmoqda.
Erik ten Hag jamoasi mavsum startida “Brentford” va “Brayton”ga imkoniyatni boy bergandi. Ushbu ikkala o‘yin va “Real Sosyedad”ga qarshi bahsda Maguayr asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Chempionat avvalidagi ikkita mag‘lubiyatdan so‘ng ten Hag ingliz himoyachisini zaxira olib qo‘ygandi. Shundan so‘ng “qizil iblislar” 4 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
Harri ushbu 4 o‘yinning 3 tasida zaxira o‘rindig‘ida qoldirilgan bo‘lsa, bittasida 80-daqiqada maydonga tushgan.