O‘zbek tomoshabinlariga “Ishkomli uy”, “Kelin”, “Muhtasham yuz yil. Ko‘sem imperiyasi” kabi seriallardagi obrazlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan turkiyalik aktrisa Nurgul Yeshilchay “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining Telegram-kanalida xabar berildi.
Aktrisaning “Muhabbat va jazo”, “Tilkapora”, “Qizil sevgi” filmlari ham mashhurlikka erishgan.
Ma’lumot uchun, 15-sentabr kuni O‘zbekiston Forumlar saroyida festival doirasidagi Turkiya kinosi kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq turk aktyori Burak O‘zchivitning ham Toshkentga kelishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir: Kuchli ayol qanday bo‘lishi kerak? Nurgul Yeshilchay karyerasi, hayotga qarashlari va boshqa mavzudagi savollarga javob berdi