Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Dori-Darmon” ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi tanlab olindi. Bu haqda Davlat avktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Foto: Davlat avktivlarini boshqarish agentligi

Foto: Davlat avktivlarini boshqarish agentligi

Tanlovda 8 ta professional tashkilotlar, jumladan, konsorsium shaklidagi takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari asosida saralandi.

Saralash natijasida Portfolio Investments va Gemstone Capital konsorsium kompaniyalari xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlov g‘olibi deb topildi.

Portfolio Investments va Gemstone Capital konsorsium kompaniyalari O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan investision kompaniyalar bo‘lib, turli xizmatlar, jumladan, brokerlik, aktivni boshqarish va konsalting xizmatlarini davlat organlari, korporatsiyalar va moliyaviy institutlarga ko‘rsatadi.

Aktiv haqida ma’lumot

“Dori-Darmon” — O‘zbekistondagi rivojlanayotgan farmatsevtika bozoridagi yetakchi ulgurji va chakana savdo kompaniyasi hisoblanadi.

Jamiyatning hududiy bo‘linmalari mavjud bo‘lib, ular tarkibiga 7 ta aksiyadorlik jamiyati va 14 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat, jumladan, 17 ta omborxona, 15 ta tahlil laboratoriyasi kiradi.

2021-yil yakuniga ko‘ra, kompaniya 402,1 mlrd so‘m sof tushum va 32,6 mlrd so‘m sof foyda olgan.

Avvalroq “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi”ni xususiylashtirish jarayoni davom etayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi