Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Chinoz neftni qayta ishlash zavodi”ning 100 foiz ulushini xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi tanlab olindi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Mazkur tanlov jarayonida, 5 ta professional tashkilotlar, jumladan konsorsium shaklidagi takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari asosida saralandi.

Saralash natijasida “Mosaic Financial” kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlov g‘olibi deb topildi.

“Mosaic Financial” kompaniyasi mahalliy kapital bozorida investitsiya vositachisi va investitsion aktivlarning ishonchli boshqaruvchisi, shuningdek investitsiya maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, Investitsiya institutlari milliy uyushmasi a’zosi hisoblanadi.

Zavod haqida ma’lumot

“Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” – asosiy vazifasi neftni qayta ishlab benzin, kerosin, mazut, dizel yoqilg‘isi va moylarga aylantirishni tashkil etishdan iborat.

Ushbu sanoat korxonasi yiliga 117 ming tonnadan ziyod uglevodorod xomashyosini qayta ishlash imkonini beruvchi zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan.

Korxona “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi. U 2016-yil 11-avgust kuni faoliyatini boshlagan. Ustav fondi – 102 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Avvalroq “Dori-darmon” kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)