Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrishning aytishicha, Pokistondagi suv toshqini 30 milliard dollarga baholanmoqda. Pokistonda musson yomg‘irlari tufayli iyun oyi o‘rtalarida suv toshqini boshlangan.
Tabiat kuchli zarba beradi. Bugun Pokiston, ertaga boshqasi bo‘lishi mumkin. Pokiston 30 milliard dollarga baholangan moliyaviy yordamga muhtoj, — dedi Antoniu Guterrish Islomoboddagi toshqinga qarshi kurash milliy muvofiqlashtirish markazidagi matbuot anjumanida.
Bugun erta tongda, 9-sentabr kuni BMT Jahon oziq-ovqat dasturi doirasida jabrlangan 1,9 million pokistonlikni oziq-ovqat bilan ta’minlash rejasini e’lon qildi.
Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston kabi davlatlar uchun ko‘proq resurslarni safarbar qilish kerak.
Pokistonda yozda so‘nggi 30 yil ichida rekord miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi. Musson yomg‘irlari daryolarning toshib ketishiga olib keldi va natijada keng hududlarni suv bosdi.
Pokiston Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 1 391 kishi halok bo‘lgan, 12 722 kishi jarohatlangan, 1,7 milliondan ortiq uy vayron bo‘lgan.
Avvalroq Pokiston hukumati toshqinlar sabab mamlakatdagi eng katta ko‘lni quritishga urinayotgani haqida xabar berilgan edi.