Jahon Meteorologiya Tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik va halokatli toshqinlar Afrika iqtisodiyoti va ekotizimiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazmoqda. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Afrikaning iqlim holati, ekstremal ob-havo hodisalari va iqlim o‘zgarishi inson salomatligi va xavfsizligi, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga putur yetkazadi.
Afrika global issiqxona gazlari chiqindilarining atigi 2-3 foizini tashkil qiladi, ammo boshqa qit’alardagiga qaraganda nomutanosib ravishda ko‘proq zarar ko‘radi.
Hujjatga ko‘ra, Afrikada 250 millionga yaqin odam suv tanqisligidan aziyat chekmoqda. 2030-yilga borib, suv tanqisligi 700 millionga yaqin odamga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Ta’kidlanishicha, sanoatgacha bo‘lgan davrda (1850—1900) Afrikada isish darajasi o‘rtacha jahon ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan.
Sharqiy Afrikadagi muzliklarning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mintaqada kelajakda yog‘adigan yog‘ingarchilik miqdoriga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda Afrika aholisining atigi 40 foizi ekstremal ob-havo hodisalari va iqlim o‘zgarishi ta’siridan himoya qilish uchun erta ogohlantirish tizimlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
Avvalroq BMT Afrikadagi millionlab odamlarning ochlikdan o‘lish xavfi haqida ogohlantirayotgani haqida xabar berilgandi.