Germaniya Iqtisodiyot vazirligi Xitoy bilan biznesni cheklash uchun bir qator chora-tadbirlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu orqali u o‘zining Osiyodagi iqtisodiy qudratli davlatga qaramligini kamaytirishga harakat qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Ushbu chora-tadbirlar Xitoy uchun investitsiyalar va eksport kafolatlarini qisqartirish hatto bekor qilish, mamlakatda savdo yarmarkalari va menejerlar malakasini oshirishni targ‘ib qilmaslikni o‘z ichiga olishi mumkin.
Vazirlik nafaqat Xitoyning Germaniyadagi investitsiyalarini, balki Xitoydagi o‘zining investitsiyalarini ham qaytadan tekshirishni ko‘rib chiqmoqda.
Bundan tashqari, hukumat G7 davlatlari bilan birgalikda Xitoyning adolatsiz savdo amaliyoti haqida Jahon Savdo Tashkilotiga shikoyat yuborishga tayyorlanmoqda.
Biz Pekinga adolat tamoyillari uchun kurashishga tayyor ekanimizni ko‘rsatishimiz kerak, — deyiladi manbada.
Avvalroq Germaniyada minglab odamlar narx-navo oshishiga qarshi miting o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.