Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi avgust oyidagi ishbilarmonlik faoliyatini tahlil qildi. Bu haqda Markaz matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Birja savdolari
Joriy yilning 1-yanvaridan 31-avgustigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 42,6 foizga o‘sdi.Birjada savdo faolligining sezilarli o‘sishi Jizzax (62,6 foiz), Navoiy (55,7 foiz), Xorazm (53,4 foiz), Toshkent (45,3 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (54,2 foiz) kuzatildi.
Ushbu hududlarda tuzilgan bitimlar hajmining o‘sishi mineral o‘g‘itlar, texnik chigitlar, avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, qurilish va xo‘jalik materiallari, o‘simlik yog‘i, bug‘doy uni va boshqa mahsulotlar savdosining ko‘payishi hisobidan erishilgan.
Yangi kompaniyalar
Tahlil qilinayotgan davrda 62 685 ta yangi kompaniyalar tashkil etilib, ularning eng ko‘pi Samarqand (7 822), Qashqadaryo (6 158), Farg‘ona (5 989), Toshkent (4 604), Andijon (4 089) viloyatlarida va Toshkent shahrida (10 299) ro‘yxatga olingan.Avvalroq Tovar-xomashyo birjasi O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalar bilan 5 ta yangi savdo maydonchalarini ochgani haqida xabar berilgandi.