Bundesliga Chempionlar Ligasida qatnashgan klublar soni bo‘yicha La Liganing rekordini yangiladi
Bundesliga Chempionlar Ligasida ishtirok etgan jamoalar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi.
“Aytraxt” musobaqada o‘z debyutini o‘tkazdi. Yevropa Ligasining amaldagi g‘olibi guruh bosqichining 1-turida “Sporting”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:3).
Frankfurtliklar YCHL paydo bo‘lgan (1992-yil) davrdan boshlab turnirda ishtirok etayotgan Germaniyaning 14-vakiliga aylandi. Shu tariqa Bundesliga La Ligadan (13 ta klub) o‘zib ketdi va Yevropa rekordini o‘rnatdi.
Mavzuga doir:
- “Bavariya” 5 yildan buyon YCHL guruh bosqichida mag‘lub bo‘lmayapti
- “Atletiko” — “Portu” o‘yinida 90-daqiqadan so‘ng 3 ta gol urildi. Bu YCHL tarixidagi ikkinchi voqea
- Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar