Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisi Pyotr Vrublyovskiy ruslarni o‘ldirish haqida aytgan so‘zlari uchun uzr so‘radi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarovga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Moscow Post

Foto: Moscow Post

“Xabaringiz bor, Ukraina elchisini vazirlikka taklif qilgandik, u uzr so‘radi va bunday gaplarni uyiga ketish oldidan kuchli hissiyotga berilib gapirganini aytdi”, — dedi Smadiyarov 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Smadiyarov hozir Vrublyovskiy ta’tilda ekanini qo‘shimcha qildi.

Avgust oyida Pyotr Vrublyovskiy qozog‘istonlik bloger Dias Kuzairovga bergan intervyusida imkon qadar ko‘proq ruslarni o‘ldirish zarurligi haqida gapirgan: “Hozir ruslarni qancha ko‘p o‘ldirsak, farzandlarimizning ular qo‘lida o‘lishi shuncha kamayadi”.

Ushbu gaplar katta rezonansga sabab bo‘ldi. Qozog‘iston xalqi assambleyasi Vrublyovskiyning bayonotlarini qoraladi. Elchi Qozog‘iston TIVga chaqirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Mahalliy
“Bolang tug‘ilgach ikkovingga benzin quyib, yoqib yuboraman, deb tahdid qilgan” — Farg‘onada erining Matiz’ida o‘zini yoqib yuborgani aytilgan marhumaning yaqinlar...
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi