Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yaponiya hukumati Rossiya Qurolli kuchlarining, jumladan Kuril orollarida “Vostok-2022” o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazayotganidan xavotirda, dedi Yaponiya hukumati bosh kotibi Xirokazu Matsuno Tokiodagi matbuot anjumanida.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Rossiya Mudofaa vazirligi 26-iyul kuni to‘rtta shimoliy orolni (Yaponiya Kuril orollarini shunday deb ataydi— “Daryo” izohi) o‘z ichiga olgan hududda mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e’lon qilganidan so‘ng, biz diplomatik kanallar orqali Rossiya tomoniga norozilik bildirdik, chunki bu orollardagi pozitsiyamizga to‘g‘ri kelmaydi. Biz to‘rtta shimoliy orol mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan hududdan chiqarilishini qat’iy talab qildik”, — dedi u.

Matsunoning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya davom etayotgan bir paytda “Vostok-2022” mashg‘ulotlarining o‘tkazilishidan xavotirda va rossiyalik harbiylarning harakatlarini kuzatishda davom etmoqda.

“Vostok-2022” mashg‘ulotlari 1—7-sentabr kunlari Rossiya Sharqiy harbiy okrugida, shu jumladan Oxota dengizi va Yapon dengizining suvlari hamda qirg‘oqbo‘yi hududlarida o‘tkaziladi. Ularda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) va Rossiyaning boshqa hamkor davlatlaridan 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etadi, deya xabar bergan Rossiya Mudofaa vazirligi.

Harbiy vazirlik mashg‘ulotlar maqsadini mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun hamkor davlatlar harbiy kontingentlarining birgalikdagi harakatlarini yaxshilash deb atagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda