Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidan Tojikiston va O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan vagonlarda benzin olib o‘tilayotgani aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Qayd etilishicha, Pavlodar viloyatidan tashqariga yoqilg‘ini noqonuniy olib chiqib ketish bilan bog‘liq ikkita faktga chek qo‘yilgan.

Bir kompaniya antidetonator yonilg‘i sifatida o‘nta vagonni Tojikiston va O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Qo‘shimcha namunalar olindi, ekspertiza o‘tkazildi. Hozirda tergov davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, tergovga oid boshqa ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi