Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning uchrashuvida Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi kelishmovchilikni hal qilish bo‘yicha sulh shartnomasining matnini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi kelishib olinishi mumkin, deb yozadi “Kommersant” Ozarbayjon prezidentining yordamchisi Hikmat Gajiyevga tayanib. Muzokaralar 31-avgust kuni Bryusselda bo‘lib o‘tishi kerak.

Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan

Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan
Foto: “Kommersant”

“Shu oy oxirida Bryusselda Yevroittidoq Kengashi prezidenti Sharl Mishel vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ozarbayjon tomoni ushbu uchrashuvda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi sulh bitimining matnini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib olinishiga umid qilmoqda”, — dedi Hikmat Gajiyev jurnalistlarga.

Gajiyevning qo‘shimcha qilishicha, avgust oxiriga Armaniston va Ozarbayjon bosh vazirlarining uchrashuvi ham belgilangan. Ular transport-kommunikatsiya aloqalarini hamda Ozarbayjon va Armaniston chegaralari delimitatsiyasini muhokama qilishi kutilmoqda.

Bryusseldagi uchrashuv 31-avgust kuni o‘tkazilishi kerak. Unda Yevrokengash rahbari Sharl Mishel ham ishtirok etadi. Muzokaralarda Qorabog‘ nizosini tinch yo‘l bilan tartibga solish muhokama qilinadi. U so‘nggi marta 2020-yilda keskinlashgan edi.

Avvalroq Ozarbayjon armiyasi mamlakat g‘arbidagi Lochin shahrini egallagani, Sus va Zabux qishloqlari Boku nazorati ostiga olingani xabar berilgan edi. Ushbu aholi punktlari 2021-yilda nizo keskinlashganidan keyin tuzilgan uch tomonlama bitimga muvofiq, Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ni bog‘lovchi yagona quruqlik yo‘li — olti kilometrli Lochin yo‘lagining bir qismi hisoblanadi.

Armaniston va Ozarbayjon Rossiya vositachiligida uch tomonlama bitimni 2020-yil noyabrida imzolagan edi. Aliyev shartnomani g‘alaba deb atadi, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qurolli nizoni to‘xtatish uchun uni imzolashga majbur bo‘lganini aytdi. Mintaqaga Rossiya tinchlikparvarlari joylashtirildi.

Ikkala tomon ham bitimning ijro etilishi yuzasidan noroziliklar bildirgan. Aliyev Armanistonni Tog‘li Qorabog‘dan o‘z qo‘shinlarini olib ketishdan bosh tortishda ayblagan va Rossiya Mudofaa vazirligi yuqori mansabli vakili (kimligiga aniqlik kiritilmagan) shunday va’da berganiga qaramay, progressga erishilmaganini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi