Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari kengashi doirasida 18-avgust kuni O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonovning Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri, militsiya general-leytenanti Ulan Niyazbekov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda zamonaviy dunyoning jinoyat turlari, xususan, axborot sohasidagi jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya, narkotik va qurol-yarog‘ savdosi, odam savdosi kabi jinoyatlarni hisobga olgan holda hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurashish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash borasida ikki tomonlama idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va uning qirg‘izistonlik hamkasbi Ulan Niyazbekov o‘zaro hamkorlikning uzoq muddatli istiqbolini ko‘zda tutuvchi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda