• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Ko‘nyo shahrida o‘tkazilgan beshinchi Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik yo‘lladi.

    Qadrli sportchi va murabbiylar!

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Turkiya Respublikasining Ko‘nyo shahrida o‘tkazilgan beshinchi Islom birdamligi o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Jonajon Vatanimizda milliy mustaqilligimizning o‘ttiz bir yillik shonli sanasiga bag‘ishlab katta tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan ushbu shukuhli damlarda sizlarning keskin kurashlarda kechgan bellashuvlarda erishgan yutuqlaringiz el-yurtimiz uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi.

    Har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan mazkur nufuzli sport anjumanida yurtdoshlarimiz sizlarning har bir chiqishingizni ommaviy axborot vositalari va Internet orqali katta qiziqishva hayajon bilan kuzatib bordi. Butun O‘zbekiston sizlarni qo‘llab-quvvatlab, Yaratgandan omad va zafarlar tiladi.

    Dunyoning 56 ta davlatidan 4200 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqalarda milliy terma jamoamiz a’zolari ulkan mahorat, g‘ayrat va matonatini, g‘alabaga bo‘lgan yuksak intilishva irodasini namoyon etib, 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medalini qo‘lga kiritganlari har qanday tahsinga sazovordir.

    Ayniqsa, O‘zbekiston vakillari Eron, Ozarbayjon, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Kuvayt kabi sport sohasida rivojlangan davlatlarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida Turkiya Respublikasidan keyin faxrli ikkinchi o‘rinni egallaganlari mamlakatimiz sportida yana bir yorqin sahifa bo‘ldi.

    O‘zbek sportining iftixori bo‘lgan Ruslan Nuriddinov, Akbar Jo‘rayev, Sarvarbek Zafarjonov, Tursunoy Jabborova og‘ir atletika, Olga Zabelinskaya velosport musobaqalarida uchtadan oltin medalni qo‘lga kiritgani sport tarixida kamdan-kam uchraydigan noyob hodisadir.

    Bo‘lib o‘tgan qizg‘in bellashuvlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Ulug‘bek Rashidov, Adhamjon Ergashev, Safina Sadullayeva, Diyora Keldiyorova, Sharifa Davronova va boshqa sportchilarimizning iste’dodi, mahorati va qobiliyatiga barcha sport muxlislari yana bir bor tan berdi.

    Ushbu musobaqalarda O‘zbekiston paralimpiyachilari ham yuksak jasorat va matonat namunalarini ko‘rsatganlarini alohida ta’kidlash lozim. Ayniqsa, Azizbek Boynazarov, Omadbek Hasanov, Sultonbek Nuriddinov, Baxtiyor Ortiqov, Rasul Atamuratov kabi sportchilarimiz haqiqiy fidoyilik fazilatlarini namoyon etib, milliy jamoamizning muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdilar.

    Azmu shijoatli o‘g‘il-qizlarimiz og‘ir atletika, dzyudo bo‘yicha tengsiz, qilichbozlik, taekvondo, sport kurashlari, suzish musobaqalarida esa yetakchilar safida ekanlarini amalda isbotladilar.

    Qadimiy Ko‘nyo zaminida erishilgan bunday yutuqlar biz uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lib, sizlar shu tariqa milliy sport maktabimizning shon-shuhratini, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini jahonga namoyon etdingiz.

    Hech shubhasiz, sizlarning Islom birdamligi o‘yinlarida Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, yuksak shohsupalarni zabt etganingiz mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning yana bir amaliy natijasi sifatida ko‘pmillatli xalqimizni behad quvontiradi, barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

    Fursatdan foydalanib, sizlar kabi yurtimizga mehr va sadoqat bilan yashaydigan, vatanparvar va salohiyatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazgani uchun ota-onalaringizga, yoningizda turib, erishilgan yutuqlarni ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan zahmatkash ustoz va murabbiylaringizga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan chin dildan tashakkur izhor etaman.

    Yirik xalqaro sport bellashuvi – Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘lga kiritgan tarixiy natijalaringiz bilan sizlarni yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatingizda yangi-yangi zafarlar, oilalaringizga baxtu saodat, fayz-baraka tilayman.

    Doimo baxtingiz, omadingizni bersin, aziz farzandlarim!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

    19.08.2022, 22:58   Izoh (0)   18580
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda dori va tibbiy buyumlarni qimmatga sotib, 2,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan tadbirkor ushlandi

    19.08.2022, 21:51

    Dehqonobodda kovrak o‘simligi urug‘i sabab fuqaroni urib, unga tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi

    19.08.2022, 19:46

    O‘zbekiston xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy ralli” musobaqasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

    19.08.2022, 19:43

    Toshkentda sun’iy intellekt, elektron boshqaruv bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

    19.08.2022, 19:42

    Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ etib belgilanmoqda

    19.08.2022, 19:35

    Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining uchrashuvida qaysi masalalar muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi

    19.08.2022, 19:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda 2000 ta daraxtni nobud qilgan masʼul jazodan qochish uchun inspektorlarga bosim qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 8 avgust, 20:10

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55

    “Tramp Yevropaga nisbatan haqli siyosat olib boryapti” — Lukashenko

    Dunyo | 8 avgust, 19:46

    Hokimliklar xodimlari uchun oyliklar va mukofot pullari ish sifatiga qarab to‘lanadi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 19:29

    Jahon banki Tojikistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 8 avgust, 19:18

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.