Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yo‘lkirani bermaslik masalasidagi tortishuv odam o‘limi bilan tugadi. Bu haqda Zomin tumani hokimligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro (1992-yilda Boyovut tumanida tug‘ilgan) muqaddam firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatini sodir etib, bir necha bor sudlangan. U Guliston shahri “Nihol” mahallasida joylashgan avtobekatda Guliston—Do‘stlik yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi kutib turgan 62 yoshli haydovchi bilan 140 ming so‘m evaziga Jizzax viloyatining Zomin tumaniga eltib qo‘yishini kelishgan.

Mashina Xovos shaharchasiga yetganida, yo‘lovchi haydovchiga oila a’zolarini ham olish kerakligini aytgan. Haydovchi yo‘nalishni o‘zgartirib, dastlab Boyovut tumani markaziga, shundan so‘ng Guliston tumani “Yulduz” mahallasiga kelgan.

Manzilga kelgach haydovchi va yo‘lovchi yo‘lkira masalasida tortishib qolgan. Gumonlanuvchi 62 yoshli haydovchini bir marta urgan. So‘ng bo‘ynidan arqon bilan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, ayblanuvchi probatsiya guruhida ro‘yxatda turib, jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Sirdaryo viloyati prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)