Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika bo‘yicha 1278 sudyaning 174 nafari ayol sudya bo‘lib, ularning 26 nafari rahbar sudya lavozimida ishlaydi. Bu haqda AOKAda Sudyalar oliy kengashi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida “Sudyalar korpusini shakllantirish: ochiqliq, shaffoflik va natijalar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tadbirda ma’lum qilinishicha, 2022-yilning yarim yilligida 185 nafar sudya ochiq va oshkora o‘tkazilgan tanlovlar natijasida tayinlangan. Ular muhokama etilgan nomzodlarning 62,5 foizi bo‘lib, 7 nafari sudyalik lavozimida bo‘lishning 5 yillik, 66 nafari 10 yillik, 1 nafari muddatsiz davrga tayinlangan bo‘lsa, 11 nafari vakolati muddatiga qayta tayinlangan.

2022-yil yarim yilligida Sudyalar oliy kengashi tomonidan jami 41 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan. Shundan o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilgan sudyalar soni 21 nafar, arizasi hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun 12 nafar, odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani, sud ishini tashkil etishda beparvolik va intizomsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun 1 nafar, qasamyodni buzgani sababli 3 nafarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 227 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi