Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 2021-yil yakunlariga ko‘ra jami 5,1 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan bo‘lib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha so‘nggi 5 yil davomida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Xususan:

  • 2017-yil 4,0 mln tonna, o‘sish sur’ati 104,4 foiz;
  • 2018-yil 4,2 mln tonna, o‘sish sur’ati 103,4 foiz;
  • 2019-yil 4,1 mln tonna, o‘sish sur’ati 97,1 foiz;
  • 2020-yil 4,1 mln tonna, o‘sish sur’ati 101,9 foiz;
  • 2021-yil 5,1 mln tonna, o‘sish sur’ati 122,4 foiz.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish 1 mln tonnaga ko‘paygan.

2022-yilning yanvar—iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 2,5 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 200 ming tonnaga ko‘p. Joriy yilning yetti oyida ko‘mir ishlab chiqarish rekord darajadagi 2021-yildan ham ko‘p bo‘ldi

Ko‘mirdan foydalanishni qisqartirish — havo sifatini yaxshilash uchun beqiyos imkoniyat beradi.

Xalqaro energetika agentligi (IEA) hisob-kitoblariga ko‘ra, energetika sohasida 2030-yilga borib ko‘mirdan to‘xtovsiz foydalanish 55 foizga kamayishi va 2040-yilga kelib butunlay to‘xtatilishi kerak.

Xalqaro barqaror rivojlanish institutining yangi tadqiqotiga ko‘ra, neft, gaz va ko‘mir qazib olishni 2050-yilga kelib tugatish imkonsiz.

2021-yil noyabr oyida butun dunyo hukumatlari Glazgodagi Iqlim o‘zgarishi konferensiyasida ko‘mirdan foydalanishni to‘xtatmagan holda bosqichma-bosqich qisqartirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni tezlashtirish majburiyatini oldi.

Ifloslangan havo butun dunyo bo‘ylab sog‘liq uchun asoratlarning asosiy omili bo‘lib, har 9 o‘limdan 1 tasi havoning yomonligi sababli bo‘ladi. Zararli havodan 2019-yilda taxminan 6,7 mln o‘lim kuzatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi