• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Epizod roli bilan 74 yoshida kinoga kirib kelgan, baqiroq rollaridan charchagan va endi “anqov” bo‘lishni istamayotgan o‘zbek aktyorlar haqida (foto, video)

    Ko‘pchilik aktyorlar epizod yoki ikkinchi darajali rollarni ijro etishni istashmaydi. Ularda “Ikkinchini birinchi deb qabul qilishmaydi”, degan ajoyib tushuncha ham bor. Ammo ular orasida epizod roli sabab aktyorga aylangan, tomoshabinlar ismini bilimasa-da, rollari orqali taniydiganlar juda ko‘p. “Daryo” muxbiri ana shunday aktyorlar bilan suhbatda bo‘ldi.

    Soyibjon Ahmedov: “74 yoshimda aktyor bo‘ldim”

    Bu insonning ismini bilmasangiz ham qiyofasini tanishingiz aniq. Soyibjon Ahmedov 74 yoshni qarshilagan bo‘lsa-da, kino va seriallarda juda faol. Bu aktyorni tashqi ko‘rinishidan kelib chiqqan holda nuroniy otaxon rollariga taklif etishadi.

    Foto: Soyibjon Ahmedovning shaxsiy arxividan

    Foto: Soyibjon Ahmedovning shaxsiy arxividan

    — Asli mutaxassisligim bo‘yicha san’atkor emasman. Shu kungacha sport murabbiysi, savdo-sotiq xodimi hatto zarurat bo‘lganida quruvchi ham bo‘lib ishlaganman. 1991-yili Rossiyada suv toshqini sabab ko‘plab shaharchalar vayvon bo‘lgan. Shunda ko‘plab quruvchi brigadalar yordamga yuborilgan. Ular orasida men ham bor, qurilishda ham ishlaganman. San’atga qadar qo‘yishim esa juda qiziq kechgan. Rejissor Abduvohid G‘aniyev “Taqdirlar” nomli film olayotganda keksa aktyor kerak bo‘lgan. Bilishimcha, rahmatli Dias Rahmatov ham, Obid Yunusov ham vaqti bo‘lmagani uchun rolni rad etishgan ekan. Shunda tasodifan o‘g‘limdan “Qarindoshlaringizni orasida mo‘ysafid, oq soqolli odam yo‘qmi?” deb so‘rashibdi. O‘g‘lim amakisi borligini aytibdi. Xullas o‘g‘lim uyga kelib, amakim kinoga tushib berarmikan, o‘zingiz so‘rab bering, dedi. Akam cho‘rtkesar odam, kino degan gapni eshitib “Yig‘ishtir, shu yoshimda kinoda tushamanmi?” deb urushib berdi. Keyin gapning orasida “Sen borsang mayli, roziman”, dedi. Meni taklif etishmagan bo‘lsa, nima deyman dedim. Rejissorning yordamchisi javobini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilganida o‘g‘lim amakisining gaplarini aytibdi. Xullas, sovchilar sahnasida akam bilan suratga tushdik. Undan keyin Said Muxtorov “Sizni aktyor qilaman”, deb to‘rtta filmiga chaqirdi. Hozir ham deyarli kun ora syomkaga taklif etishadi. Yoshim 74 da bo‘lsa ham rollarning birortasini rad etmayman. Bu soha ham menga ovunchoq bo‘lib qoldi, — deydi Soyibjon Ahmedov.

    Gulnora Tolipova: “Baqiroq bo‘lishdan charchadim”

    Gulnora Tolipova “Jurnalist”, “Sevgi” va “Shukrona” kabi seriallardagi baqiroq, injiq qaynona obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Uni ko‘pchilik o‘z nomi bilan emas, baqiroq qaynona roli orqali yaxshi tanishadi.

    Foto: Gulnora Tolipovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Gulnora Tolipovaning shaxsiy arxividan

    — Toshkentdagi besh bolali xizmatchi oilasida dunyoga kelganman. Otam oddiy quruvchi, onam esa zavodda ishchi edi. Bolaligimdan san’atga qiziqqanim bois, 4 yoshimdan Shermat Yormatov rahbarligidagi “Bulbulcha” bolalar xoriga qatnashganman. To‘qqiz yoshimda tushimga O‘zbekiston xalq artisti Zaynab Sadriyeva kirib, meni duo qilgandi. Afsuski, maktabni tamomlaganimdan keyin orzularim sarob ekanini angladim. Oilamizdagi moddiy qiyinchiliklar sabab, onam o‘qishni davom ettirolmasligimni tushuntirdi va bolalar bog‘chasiga ishga joylashdim.

    Yaqin yillardan boshlab ikkinchi darajadagi rollarga taklif bo‘lmoqda. Undan avval faqat epizod rollarni ijro etardim. Tan olaman, aktrisalik bo‘yicha hech qayerda tahsil olmaganman, ammo san’atga mehrim bo‘lakcha. Faqat urishqoq ayol rollarini emas, mard, tanti va sabrli o‘zbek ayollari siymosini ekranda gavdalantirishni istayman. Rostini aytsam, baqiroq ayollar rolini ijro etishdan charchaganman. Rejissorlar meni qaytadan kashf etishlarini orzu qilaman, — deydi Gulnora Tolipova.

    Abduvohid Zoitov: 'Bomba’ sabab aktyor bo‘lganman”

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    — Oilamizda san’atkorlar yo‘q, ota-onam oddiy ishchi bo‘lib ishlashgan. Peshonamga san’atkor bo‘lish bitilgan ekan, shu sohani tanladim. Ammo biror marta nega san’atni tanladim, demaganman. Chunki shu sohaning ketidan non topyapman, ozmi-ko‘pmi tanish-bilishlar orttirdim. Xullas, san’atni tanlab kam bo‘lganim yo‘q. San’atga bolaligimdan qiziqqanman. Birinchi ustozim O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusovning turmush o‘rtog‘i Shahlo Yunusova bo‘lgan. Meni erkalab “oltin bola” derdilar. Maktabni bitirgunga qadar ustozlar va tengdoshlarim uchun “oltin bola” bo‘lib qolganman. Bolalikdan san’atga qiziqqanim uchun katta davralarda qo‘shiq aytishimni yoki qiziqchilik qilishimni so‘rashardi. Ammo hamisha tortinchoqligim pand berib, omma oldiga chiqishdan tortinardim.

    Institutga kirmasdan avval to‘rt yil O‘zbek milliy akademik drama teatrida sahna ishchisi bo‘lib ishlaganman. Spektaklda ishtirok etadigan rekvizitlarni tayyorlash va ularni asrash vazifasiga mas’ul edim. O‘sha paytda aktyor Fotih Jalolov sabab Zulfiqor Musoqov bilan tanishib qolganaman. O‘sha yillari yaxshigina shov-shuv bo‘lgan “Bomba” filmiga hech qanday kastingsiz qabul qilinganman. Shundan so‘ng san’at yo‘lini tanlash haqidagi fikrim jiddiylashib, institutiga hujjat topshirganman. Rolning katta kichigi bo‘lmaydi, qalbdan joy olish uchun faqat asosiy rollarni ijro etish shart emas, — deydi aktyor Abduvohid Zoitov.

    Shuhrat Usmonov: “Aslida jurnalist bo‘lmoqchi edim”

    Shuhrat Usmonov ko‘plab komik filmlarda o‘ziga xos fe’l-atvordagi insonlar rolini ijro etgan. Uning rollari u qadar katta bo‘lmasa ham o‘ziga xosligi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushadi.

    Foto: Shuhrat Usmonovning shaxsiy arxividan

    Foto: Shuhrat Usmonovning shaxsiy arxividan

    — 1980-yil Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilganman. Bolalikda she’r va maqolalar yozishga qiziqqanim uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining jurnalistika fakultetiga hujjat topshirgani kelgandim. Ammo talabgorlar ko‘pligi uchun teatrshunoslik bo‘limiga hujjat topshirganman. Birinchi kursda kutilmaganda drama yo‘nalishiga qiziqib qolib, darsdan keyin ularning mashg‘ulotida ishtirok etardim. Bir kuni rahmatli rejissor To‘xtamurod Mahkamov bilan tanishib qolganman. U inson “Maslahat” va “Gap yo‘q” ko‘rsatuvlariga rejissorlik qilardi. Shu insonning yordami bilan kadrni his qilishni o‘rganganman. “Gap yo‘q”dagi chiqishlarim boshqa rejissorlarga ma’qul kelib, film va seriallarga taklif etishni boshlashgan.Komik rollarni yaxshi ko‘raman, ular sabab ozmi-ko‘pmi odamlarning e’tiboriga tushdim. Endi bu yog‘iga o‘zimni jiddiy rolda ko‘rishni istayman. Allohga mehr qo‘ygan Mashrab singari insonlar rolini ijro etish birdan-bir orzum, — deydi aktyor Shuhrat Usmonov.

    Yorqinoy G‘oziyeva: “Bizdagi kino yasamadek tuyuldi”

    Yorqinoy G‘oziyeva salbiy qaynopa roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. U salbiy rollardan tashqari, o‘ziga ishongan, ishbilarbon ayol rollarini ham ishonarli ijro etadi. Aktrisa keyingi paytlarda kino va serillarda ko‘rinmay qolganining sababini quyidagicha izohladi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    — Aslida oilamizda san’atkorlar yo‘q. Faqatgina men bu sohaga ko‘ngil qo‘yib, rejissorlik bo‘yicha tahsil olganman. Aktrisa bo‘lishimdan avval bir muddat telekanallarda rejissor bo‘lib ishlaganman. Undan keyin bir nechta rejissorlarga yordamchi rejissor sifatida ham ishladim. “Yaxshi rejissor bo‘lish uchun avval aktyor bo‘lish kerak”, degan gap bejiz aytilmagan. Ilk kinodagi rolimni “O‘xshatmasdan uchratmas” filmida ijro etganman. Undan keyin takliflar soni keskin ortib ketgan. Keyin orada turk kinoijodkorlari bilan ham ishladim. U yerda ham rejissor yordamchisi bo‘lib tajriba orttirdim. O‘zbekistonga qaytgach, negadir kinolarda suratga tushgim kelmay qoldi. Bizda hammasi yasamadek tuyuldi. Shu bois, aktrisalikni tark etdim va endi o‘zim rejissor sifatida ish boshlashga qaror qildim. Nasib qilsa, Turkiyadagi o‘zbek muxojirlari haqida film suratga olaman, — deydi Yorqinoy G‘oziyeva.

    Mavzuga doir: 

    • Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)
    • Epizod rollari bilan e’tibor qozongan yosh aktyor Mirafzal Shofayziyev hozir qayerda? (foto)
    • Alisa Freyndlix, Liya Axejakova va millionlab muxlislar ko‘nglidan joy olgan sovet kinosining boshqa aktrisalari (foto)
     

    17.08.2022, 19:45   Izoh (0)   29446
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sevgi yosh tanlamaydi: katta yosh farqi bilan oila qurgan taniqli siyosatchilar va ularning turmush o‘rtoqlari

    17.08.2022, 17:10

    “Davlat iqtidorli yoshlarni ularning moddiy ahvolidan qat’i nazar qo‘llab-quvvatlashi tahsinga loyiq”. Zohirshoh Jo‘rayev Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartiri...

    17.08.2022, 15:50

    “Hech kimning uyini uning shaxsiy roziligisiz tintuv qilish mumkin emas” — xonanda Dilfuza Ismoilova konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga munosabat bil...

    17.08.2022, 12:50

    Bollivud aktrisasi Bipasha Basu ilk bor ona bo‘ladi

    17.08.2022, 10:01

    Instagram: Otabek Mirzaxolov yangi mashinali, G’aybulla Tursunov farzandli bo‘ldi, Sherali Jo‘rayev Samarqandda, Java’dan yangi qo‘shiq

    16.08.2022, 22:26

    Yolg‘iz onalar voyaga yetkazgan jahon yulduzlari (foto)

    16.08.2022, 20:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    O‘zbekiston “Milliy” banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 10:45

    Insonning o‘ziga yoqmaydigan ishda ishlashi ruhiy muammolarni keltirib chiqaradi

    Layfstayl | 10 iyul, 10:35

    “Real” Klublar o‘rtasidagi JCHda qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 10 iyul, 10:30

    O‘zbekiston “Milliy” banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

    Reklama | 10 iyul, 10:30

    Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol yana hibsga olindi

    Dunyo | 10 iyul, 10:25

    Shifokorlar braziliyalik ayolga 56 yil davomida tashxis qo‘ya olmadi

    Layfstayl | 10 iyul, 10:10

    Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalari bosh inspektorlari qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.