Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yil 9-iyul kuni taniqli aktrisa Liya Axejakova 84 yoshni qarshi oldi. Aktrisaning tug‘ilgan kuni sharafiga Grazia nashri yana millionlab muxlislar muhabbatiga sazovor bo‘lgan 5 ta sovet aktrisasining hayot yo‘li bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Liya Akejakova

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Liya Maykopda aktyorlar oilasida o‘sgan, uning otasi rejissor, onasi esa aktrisa bo‘lgan. Dastlab Liya Moskva rangli metallar institutiga o‘qishga kirdi, ammo keyin u ota-onasining izidan borishga qaror qildi. Axejakova “Ishdagi ishq”dan “Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling”gacha bo‘lgan ko‘plab sovet filmlarida rol o‘ynadi. Uning dramatik kechinmalarni ta’sirli tarzda yetkazish qobiliyati tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi. Aktrisa qayg‘uga botgan ayolmi yoki kulgili kampirmi, har doim bir qahramondan boshqasiga osongina o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Tatyana Doronina

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Ko‘zlari ko‘k, jingalak sochlari sarg‘ish Tatyana slavyancha go‘zallikning ideal qiyofasini o‘zida mujassam etgan aktrisalardan biri. U 8-sinfda o‘qib yurganida Moskva badiiy teatr maktabiga o‘qishga kirish uchun ota-onasidan yashirincha Moskvaga kelgan va unga omad kulib boqqan. Ammo qizning haqiqiy yoshini bilishgach, uni maktabni bitirib kelishiga yuborishdi, o‘jar Tatyana maktab attestatini oldi va mamlakatdagi barcha eng yaxshi teatr maktablarida bo‘lib qaytdi. Biroq o‘sha vaqtlarda aktrisa kelajakda Moskva badiiy teatrining rahbari bo‘lishini bilmas edi. Aktrisa “Yana bir bor sevgi haqida” romantik dramasi va boshqa filmlarda rang-barang rollari bilan muxlislar e’tiborini qozongan.

Irina Muraviyeva

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Irina o‘z faoliyatini teatrda boshlagan, garchi u dastlab o‘qishga kirmagan bo‘lsa ham. 70-yillarning o‘rtalarida aktrisada jiddiy rollari paydo bo‘la boshladi va u komediya hamda dramani uyg‘unlashtirishning nozik qobiliyati bilan barchani hayratda qoldirdi. Tomoshabinlar “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmidagi o‘ziga ishongan Lyudmila bilan hanuzgacha hamdard, hali ham “Karnaval” filmidagi “Menga qo‘ng‘iroq qiling” qo‘shig‘ini kuylaydi. So‘nggi yillarda uni Davlat akademik Maliy teatrida sahnalashtirilgan spektakllarda ko‘rish mumkin.

Vera Alentova

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Vladimir Menshovning bevasi Irina Muravyova singari “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmidan keyin shuhrat qozondi. U yolg‘oni tufayli farzandi bilan yolg‘iz qoladigan mehnatkash Katerina rolini ijro etdi. Alentova Moskva badiiy teatr maktabini tugatgandan so‘ng Pushkin teatrida faoliyat yuritdi. 2000-yillarning boshidan beri u serial va filmlarda rol o‘ynashni boshladi. 2022-yilning noyabr oyida Vera ishtirokidagi “Ampir V” rus fantaziyasi namoyish etilishi kutilmoqda.

Alisa Freyndlix

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Alisa teatrni yaxshi ko‘rganligi uchun bolaligidan to‘garaklarga borgan. Ikki aktyorning oilasida (uning ota-onasi Bruno va Kseniya Leningrad ishchi yoshlar teatrida ishlagan) voqealar boshqacha rivojlanishi mumkin emasdi. Qizni juda uzoq vaqt kinoga yaqinlashtirishmadi, chunki Alisa juda ham go‘zal bo‘lmagan. Ammo jozibasi va mehnatsevarligi tufayli aktrisa “Ishdagi ishq” filmida rol o‘ynadi. Freyndlix teatrda faoliyat yuritishda davom etmoqda va hanuzgacha Bulgakovning “Usta va Margarita”dagi Margarita rolini o‘ynash aktrisaning orzusi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi