Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijonda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan, “ayollar daftari”ga kiritilgan 100 nafar xotin-qizga tikuv dastgohlari bepul tarqatildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov 9-avgustdan 19-avgustga qadar viloyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan ayollarning muammolarini o‘rganish, ularni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash va ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishiga ko‘maklashish maqsadida “Xotin-qizlar bilan ishlash dolzarb o‘n kunligi”ni e’lon qilgan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Shu munosabat bilan shahar-tuman hokimlari, sektor rahbarlari tomonidan joylarda xotin-qizlar bilan uchrashuv va muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘n kunlik doirasida Shuhrat Abdurahmonov Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan. Muloqot davomida “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan bir guruh xotin-qizlarning murojaat va muammolarini eshitib, tegishli mutasaddilarga murojaatlarning yechimi bo‘yicha topshiriq bergan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Uchrashuv yakunida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan, ammo amalga oshirolmayotgan, “ayollar daftari”ga kiritilgan 100 nafar xotin-qizga subsidiya asosida zamonaviy tikuv dastgohlari topshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi