Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentda 16-avgustdan boshlab to‘rtta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar berdi.

Bular quyidagilar:

20-sonli “Ibn Sino 1-mavzesi—Gulobod ko‘chasi” yangi avtobus yo‘nalishi. Yo‘nalish Isuzu avtobuslarida Ibn Sino 1-mavzesidan Beltepa, Zangiota, Jarariq, Ko‘ksaroy, Ipakchi 2-tor, Ipakchi, Qo‘rg‘oncha, Oqsoy, Ko‘kcha Darvoza, Laylito‘g‘on ko‘chalari orqali Gulobod ko‘chasiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanadi.

52-sonli “Uchuvchilar shaharchasi—Toshkent vokzali” yangi avtobus yo‘nalishi. Yo‘nalish Isuzu avtobuslarida Uchuvchilar shaharchasidan Uchuvchilar, S.Tolipov 1-tor, Qumariq, G.Aliyev, Temiryo‘lchilar, Sariko‘l, Turkiston ko‘chalari orqali, Toshkent vokzaliga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanadi.

138-sonli “Shifokorlar shaharchasi—Beruniy metrosi”  yo‘nalishi. Yo‘nalish harakati Shifokorlar shaharchasidan Qamarniso, Shifokorlar, Farobiy, Paxtachi, Zafarobod, Kichik halqa yo‘li, Farobiy, Beruniy ko‘chalari orqali Beruniy metrosiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanadi.

139-sonli “Birlik mavzesi—Chilonzor metrosi” yangi avtobus yo‘nalishi. Yo‘nalish Isuzu avtobuslarida to‘g‘ri yo‘nalishda Birlik mavzesidan Ko‘rkam, Ko‘kcha Darvoza, Nazarbek, Jurjoniy, Farhod, Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali Chilonzor metrosiga qadar soat 6:00 dan 21:15 gacha harakatlanadi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yangi yo‘nalishlar fuqarolar talab va takliflaridan kelib chiqqan holda aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz,  poytaxtda 9-avgustdan boshlab uchta yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...
Dunyo
“Ham Moskva, ham Kiyev bilan faqat men ochiq muloqot qilyapman”. Erdo‘g‘on Putin bilan qo‘ng‘iroqlashish rejasini ma’lum qildi
Mahalliy
Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi