Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida xizmat mashinasida uyiga suv tashigan tez yordam haydovchisi ishdan olindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Damas tez tibbiy yordam mashinasiga ichimlik suvi to‘ldirilgan idishlar ortilayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor o‘rganishlar natijasida ushbu tasvirdagi Damas Jizzax viloyati Arnasoy tumanida joylashgan 2-son oilaviy poliklinikaga biriktirilgan tez tibbiy yordam xizmatiga qarashli avtotransport ekani aniqlangan.

Haydovchi J.Sh. 1-avgust kuni navbatchiligida oilaviy poliklinikadan uncha uzoq bo‘lmagan yashash xonadoniga o‘ziga biriktirilgan tez yordam mashinasida suv olib borgan. U ichimlik suvini poliklinika oldidagi vodoprovod kranidan olayotgan vaqtda binoga o‘rnatilgan videokamera tasviriga tushgan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar yakunida o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan J.Sh. lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh odamlar yonilg‘isi tugab qolgan Damas’ni harakatga keltirishga urinayotgani aks etgan videolavha ham tarqalgandi. Tasvir ortidagi ovoz egasi tomonidan bu mashina Zomin tumani tez yordam xizmatiga tegishli ekanligi aytilgan.

Vazirlik xabarida aytilishicha, surishtiruv va o‘rganishlar davomida videotasvirdagi Damas’ning Zomin tumani tez tibbiy yordam xizmatiga aloqasi yo‘qligi aniqlangan. Bugungi kunda tumanda 16 ta tez tibbiy yordam mashinasi bo‘lib, barchasining old qismiga “Ambulans” yozuvi tushirilgan. Tarqalgan videotasvirdagi Damas’da “Ambulans” yozuvi mavjud emasligi ham buni tasdiqlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi