Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida ko‘chmas mulk obyektlari 1-noyabrga qadar xatlovdan o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati rahbari Munojatxon Yo‘ldosheva ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Bekobod tumanida mavjud jami 74 969 gektar yer maydonidan hozirda xatlov natijalariga ko‘ra 59 409 gektar yer maydoni hisobga olinib, UzKAD axborot tizimiga kiritildi.

Bundan tashqari 32 ta Madaniy meros obyektining 21 tasi UzKAD axborot tizimida shakllantirildi.

Bekobod tumanida yer hisobi bo‘yicha 2 697 gektar Davlat zaxira yerlari sifatida ko‘rsatilgan. Shundan 2 214 gektar yer maydoni UzKAD axborot tizimida hisobga olingan.

Sinov tariqasida boshlangan Bekobod tumanidagi xatlov natijalariga ko‘ra, barcha Respublika yerlari qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi