Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 700 nafarga yaqin bemorda endoprotezlash amaliyotlari bepul o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ta’kidlanishicha, son suyagi, yelka, tizza bo‘g‘imlarining yemirilishi bilan bog‘liq xastaliklarni davolashda qo‘llaniladigan, qiymati 18 million so‘mga teng bo‘lgan endoprotez moslamalarini oddiy aholi xarid qilishga qiynaladi.

Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davrida joylarda tashkil etilgan sog‘lomlashtirish aksiyalari davomida 670 nafar shunday bemorda chanoq-son bo‘g‘imi, 28 nafarida tizza bo‘g‘imini endoprotezlash operatsiyalari bepul o‘tkazildi.

Qolaversa, avvallari faqatgina Toshkentda bajarilgan buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari sog‘lomlashtirish aksiyalari doirasida tumanlar darajasiga tushirildi. Natijada 95 nafar bemorga buyrak ko‘chirib o‘tkazildi. Xususan, Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumani markaziy shifoxonalarida bajarilgan bunday murakkab amaliyotlarga poytaxtlik yetuk jarrohlar boshchilik qildi.

Shuningdek, 640 nafar tug‘ma yurak nuqsoni bilan og‘rigan bemor bolalar jarrohlik amaliyotlari orqali sog‘lomlashtirildi. Vazirlik tomonidan hududlar bo‘ylab tashkil etilgan tibbiy ko‘riklarda yuqori texnologiyali operatsiyalarga muhtoj 13 ming nafar bemor ro‘yxati shakllantirilgan. Yil yakuniga qadar ularning 11 ming nafarini hududlarning o‘zida, 2 ming nafarini esa respublika tibbiyot muassasalarida sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Malika Diananing ko‘ylagi Sotheby’s auksionida rekord narxga sotildi
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Dunyo
Pokistonda masjiddagi portlash qurbonlari soni qariyb 60 kishiga yetdi (foto)