Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida fuqaroning ishonchiga kirib, unga Spark olib berishini aytgan va oldindan olingan 1500 dollarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro I.M. IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning iyul oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, tanishlari orqali Spark olib berishini aytib, oldindan 1500 dollar olib, bergan va’dasini bajarmasdan, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahri IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Sh.J. sodir etgani aniqlanib, sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi