Energetika vazirligining Moliyaviy oqimlar va narx siyosati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Baxtiyor Umarov Energetika vazirligining Moliyaviy oqimlar va narx siyosati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, u bunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Moliya-iqtisod boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutiga yangi direktor tayinlangani, Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va YI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbar tayinlangani haqida xabar berilgan.
Mavzuga doir:
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar