Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Oliy Majlis Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan sud tizimida hamda ma’muriy organlarda rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillar mobaynida ishlab kelgan Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi etib saylandi.

Foto: Senat axborot xizmati

Foto: Senat axborot xizmati

Toshkent shahrida 10-avgust kuni Senatning o‘ttizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat a’zolari, sud va prokuratura organlarining vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Dastlab senatorlar Prezident tomonidan kiritilgan Oliy sud raisining vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi taqdimnoma muhokama qilindi. Oliy sudi raisi Kozim Komilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan. Senat majlisda bo‘lib o‘tgan muhokama natijasida uni Oliy sud raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shuningdek, majlisda Prezident tomonidan taqdim etilgan Oliy sud raisligiga nomzod muhokama qilindi. Muhokama yakunida senatorlar tomonidan Islomov Baxtiyor Jahongirovich Oliy sud raisi etib saylandi. Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga Kozim Komilov nomzodini taklif etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi