Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78
11-avgustga o‘tar kechasi Nikopol, Xarkov va Kramatorsk Rossiya tomonidan o‘qqa tutildi. Nikopolda uch kishi halok bo‘lib, to‘qqiz kishi yaralandi. Amerikaning Planet Labs kompaniyasi Qrimdagi Novofedorovka qishlog‘i yaqinida joylashgan Saki aerodromining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini e’lon qildi, fotosuratlarda vayron bo‘lgan samolyotlarni ko‘rish mumkin. Rossiya texnikaga zarar yetmaganini da’vo qilmoqda. DXR Donetskdagi pivo zavodi Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilganini va ammiak sizib chiqqanini ma’lum qildi. Meduza urushning 169-kuniga oid fotosuratlar bilan bo‘lishdi.

Qrim

Qrimning Novofedorovka qishlog‘i yaqinida joylashgan Saki aerodromining sun’iy yo‘ldoshdan olingan surati, u yerda 9-avgust kuni ketma-ket portlashlar yuz bergandi. Tasvir 10-avgust kuni olingan. Jurnalistlar va ekspertlar suratlarni tahlil qildi va ularni aerodromning 9-avgustda, portlashdan sal avvalroq olingan tasvirlari bilan taqqosladi. CNN hisob-kitoblariga ko‘ra, aerodromda kamida yettita samolyot yo‘q qilingan. “BBC rus xizmati”, The New York Times va Amerika urush tadqiqotlari instituti yozishicha, aerodromda kamida sakkizta samolyot yonib ketgan, Ukrainaning “Sxemi” esa to‘qqizta samolyot haqida yozmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi hodisadan keyin darhol portlashlar natijasida aerodromdagi aviatsiya texnikasiga zarar yetmaganini ma’lum qilgandi

Foto: AP

Donetsk

Donetsk pivo zavodiga zarbalardan keyin ko‘tarilayotgan tutun. DXR korxona Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 6 tonna ammiak sizib chiqqanini ma’lum qildi. Bir kishi halok bo‘lgan

Foto: Reuters

Donbass shimoli

O‘t o‘chiruvchi Baxmut o‘qqa tutilganidan keyin. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi 12-avgust kuni ertalab ma’lum qilishicha, avvalroq Rossiya armiyasi Gorlovka — Zayseva yo‘nalishida hujum qilish chog‘ida Baxmut yo‘nalishida “qisman muvaffaqiyatga uchragan”

Foto: Anadolu Agency

Soledarda qutqaruvchi yaralangan fuqaro yonida. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari shaharga (shuningdek, Baxmut, Kodema, Spornoye va Yakovlevkaga ham) hujum qilishga uringan, ammo muavvafaqiyatga uchramagan

Kramatorskdagi snaryad. Tunda va ertalab Kramatorsk, Nikopol va Xarkov Rossiya hujumlariga uchradi. Nikopolda uch kishi halok bo‘lib, to‘qqiz kishi yaralandi

Foto: Instagram

Kramatorskdagi turar joy hovlisi zarbalardan keyin. Bolakay shu yerda ishlayotgan ekspertlarga taqlid qilib, “bo‘laklarni topish” o‘yinini o‘ynamoqda

Ukrainalik askarlar Donbassdagi front chizig‘idan bir necha kilometr narida cho‘milmoqda. Ular frontdagi to‘rt oylik xizmatdan keyin dam olmoqda

Foto: AFP

Xarkov

Xarkovda tongotar chog‘ida uchirilgan Rossiya raketasi. Shaharning Kiyev tumani ham zarbalar ostida qoldi, dedi mer Igor Terexov. Snaryad turar joy hovlisiga kelib tushgan, qurbonlar yo‘q

Foto: AP Photo

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)