Xitoy turli maqsadlarda Yer orbitasiga 16 ta tijorat sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli olib chiqdi. Bu haqda Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi (CASC)ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
10-avgust kuni Pekin vaqti bilan soat 12:50 da (Toshkent vaqti bilan 09:50 da) Tayyuan kosmodromidan “Long March-6” tashuvchi raketasi uchirildi. 16 ta tijorat sun’iy yo‘ldoshlari quyosh bilan sinxron orbitaga uchirilgan muvaffaqiyatli missiya deb e’tirof etilmoqda”, —deyiladi CASC xabarida.Korporatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, barcha 16ta sun’iy yo‘ldosh Changguang Satellite Technology kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan.
Ular orasida “Jilin-1 Gaofen-03D” turkumidagi o‘nta optik sun’iy yo‘ldosh mavjud bo‘lib, ulardan Yerni masofadan zondlash va yuqori aniqlikdagi tasvirga olish uchun foydalanish rejalashtirilgan.
Yunyao-1 seriyali oltita sun’iy yo‘ldosh apparati ham orbitaga chiqdi, ularning har biri uzun to‘lqinli infraqizil kamera bilan jihozlangan, uning yordamida qurilma Yer atmosferasidagi o‘zgarishlarni o‘rganish va kuzatish, shuningdek, meteorologik tadqiqotlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mavzuga doir: Xitoy Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Izoh (0)