Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Energetikaga oid statistikalarga ixtisoslashgan “Energievergelijk.nl” veb-saytiga ko‘ra, Niderlandiyada Yevropadagi eng yuqori gaz narxi kuzatilmoqda.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Undagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Shvetsiya gaz narxi bo‘yicha Yevropada yetakchi deb tan olingan edi, mamlakat aholisi har bir kilovatt-soat uchun salkam 24 sent yoki har kub metr gaz uchun 2,31 yevro to‘lagan. Bir kilovatt soatiga 23 sent yoki 2,25 evro gaz bilan ikkinchi o‘rinda turgan Niderlandiya bir necha hafta ichida Shvetsiyani ortda qoldirgan.

Yevropaning 33 ta davlatidagi energiya narxlari tahliliga ko‘ra, gaz va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar bilan yangi shartnoma tuzgan gollandlar endilikda har bir kilovatt-soat uchun taxminan 28 sent yoki har bir kubometr gaz uchun 2,76 yevro to‘laydi.

Kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi provayderlar bilan yangi shartnoma tuzadigan Niderlandiya aholisi gaz va elektr energiyasi uchun o‘tgan yilga nisbatan 4000 yevro ko‘proq to‘lashi ma’lum qilingan. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari aholi gaz narxining oshishi fonida uylarini isitish maqsadida qish mavsumi uchun o‘tin zaxirasini hozirlayotgani haqida yozgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...