Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

G‘arb matbuotining xabar qilishicha, Xalq ozodlik armiyasi (XOA) Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi dushanba (8-avgust) kuni dengizda va Tayvan oroli atrofidagi havo hududida navbatdagi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e’lon qilgan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

XOA ushbu mashqlar doirasida suvosti kemalariga qarshi harakat va dengiz hujumi operatsiyalari ishlab chiqilayotganini ta’kidladi.

Mashg‘ulotlar Xitoy qurolli kuchlari 4-7 avgust kunlari Tayvan oroli atrofidagi oltita hududda o‘tkazgan keng ko‘lamli mashg‘ulotlar yakunlanganidan bir kun o‘tib e’lon qilindi.

Ba’zi tahlilchilarning fikricha, Tayvan oroli atrofidagi mashg‘ulotlar davomida dengiz va havo blokadasining butun jarayoni hamda yirik orollarni nazorat qilish kampaniyasi to‘liq takrorlangan, — deyiladi Xitoyning Huanqiu Shibao nashrida.
Orol yaqinida o‘tkazilayotgan joriy mashg‘ulotlar davomida Xitoy Xalq ozodlik armiyasining ballistik raketalari birinchi marta orol uzra uchib o‘tdi, dengiz floti va havo kuchlari Tayvan atrofida erkin harakatlanishni amalga oshirdi, deyiladi maqolada.

Mavzuga doir: Tayvan bosh vaziri Xitoyni “mushaklarini ko‘z-ko‘z qilishni” to‘xtatishga chaqirdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Mirobodda eng qimmat: Toshkentda noyabr oyi uchun uylar narxi tahlil qilindi
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi