• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    TBC Bank Uzbekistan qo‘shimcha 35,1 million dollar sarmoyaga ega bo‘ldi

    Xorijiy investitsiya innovatsion raqamli banking va xususiy bank sektorini rivojlantirishga yo‘naltiriladi

    2022-yil 8-avgust kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD), Jahon banki guruhi a’zosi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va TBC Bank Group PLC kompaniyasi TBC Bank Uzbekistan’ga (TBC UZ) umumiy miqdorda 35,1 million dollar qo‘shimcha sarmoya kiritdi. TBC Bank Uzbekistan Gruziyaning yirik TBC Bank Group PLC xolding kompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi. TBC Bank Group PLC Angliya va Uelsda ro‘yxatdan o‘tgan, kompaniyaning aksiyalari London fond birjasida kotirovka qilinadi.

    Ushbu kapital oshirilishi 2021-yil 30-sentabrda TBC UZ, TBC Bank Group PLC, EBRD va IFC o‘rtasida imzolangan investitsion kelishuv doirasida ko‘p yillik moliyalashtirish rejasining bir qismi hisoblanadi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, ikki institutsional investorning (YETTB va IFC) har biri TBC UZ’da 20 foizdan ulushlarni qo‘lga kiritgan edi.

    Ilk badal miqdori 18,8 million AQSH dollari, ya’ni har bir investor uchun 9,4 million dollarni tashkil qildi. Shu bilan birga, TBC Bank Group PLC 25,9 million dollar investitsiya kiritdi.

    Ikkinchi sarmoya doirasida EBRD va IFC har biri 7 million dollardan, TBC Bank Group PLC esa 21,1 million dollardan jalb qildi. Shunday qilib, TBC UZ’ga jalb qilingan investitsiyalarning umumiy miqdori 79,8 million AQSH dollarini tashkil etdi. Investitsion kelishuvga asosan, 2023-2024-yillarda ham kapitalni ko‘paytirish rejalashtirilgan.

    TBC Bank O‘zbekistondagi ikki yillik faoliyati davomida yirik o‘sish templarini ko‘rsatishga erishdi. Bank 2020-yilning aprel oyida litsenziyasini qo‘lga kiritdi va oktabr oyida tijoriy faoliyatini boshladi. Bank TBC Group’ga tegishli va mobil ilova orqali chakana bank xizmatlarini taklif etuvchi “Space” platformasining innovatsion fintech bazasida faoliyat yuritadi. 2022-yilning iyuliga kelib TBC UZ ilovasini 2,4 million kishi yuklab oldi. Ayni payt TBC Bank respublikaning 9 ta shahridagi shou-rumlari va butun mamlakat bo‘ylab 33 ta “mijozlarni faollashtirish nuqtalari” orqali bank xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.

    TBC Bank chakana foydalanuvchilarga onlayn-formatda: pul o‘tkazish, kredit, avtokredit, depozit, muddatli to‘lov, bank kartalari va hisobvaraqlar bo‘yicha to‘lov qilish kabi xizmatlarni taqdim etadi. Barcha imkoniyatlardan TBC UZ ilovasida foydalanish mumkin.

    EBRD, IFC va TBC Bank Group PLC investitsiyalari TBC Bank operatsion faoliyatining rivojlanishiga, bank sektorida korporativ boshqaruvning xalqaro standartlarini ilgari surishga yordam beradi va O‘zbekistonda raqamli moliyaviy bozorning mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi.

    Yangi investitsiyalar mamlakat bozoriga yaqinda kirib kelgan raqamli bank operatsion faoliyatining yanada o‘sishiga va sektorda korporativ boshqaruvning xalqaro standartlarini ilgari surishga turtki bo‘ladi.

    TBC Bank Uzbekistan boshqaruv raisi Spartak Tetrashvilining izohlashicha ushbu sarmoyalar nafaqat bank rivojiga, balki butun mamlakatning raqamli sohasi taraqqiyotiga hissa qo‘shadi.

    «Biz xalqaro investorlar uchun O‘zbekistonning jozibadorligi kundan-kunga oshib borayotganiga o‘z misolimizda amin bo‘lmoqdamiz. Bunda respublika Markaziy banki tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi imkoniyatlar va sarmoyalar bizga mijozlar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga va foydalanuvchilarimiz uchun innovatsion raqamli xizmatlar taqdim etishga yordam beradi», – deydi bank rahbari.

    Xalqaro moliya korporatsiyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha katta menejeri Kassandra Kolbert ham mazkur masalada fikrlarini bildirdi.

    «Biz TBC Bank Uzbekistan bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanayotganidan va texnologik innovatsiyalarga asoslangan bank xizmatlarining kengayishini qo‘llab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz. Ushbu investitsiyalar jo‘shqin, samarali va mustahkam kapitalizatsiya qilingan xususiy bank sektorini yaratish bo‘yicha O‘zbekistonga yordam ko‘rsatishga qaratilgan bizning strategiyamizga mos keladi», –deydi u

    Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi rahbari Alkis Vriyenios Drakinos TBC Bank Uzbekistan’ni bundan buyon ham qo‘llab-quvavtlashdan mamnun ekanini bildirdi.

    «Ushbu raqamli bankning faoliyati qisqa tarixga ega bo‘lsa-da, bank butun mamlakat bo‘ylab ko‘p sonli chakana mijozlarni qamrab olish bo‘yicha muhim natijalarga erishdi. Investitsiya bankning istiqbolli o‘sish strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va TBC UZ’ga yangi marralarni zabt etishga, jumladan O‘zbekistondagi mikro- va kichik biznes uchun moliyaviy xizmatlarni kengaytirishga yordam beradi», –deydi mutaxassis.

    TBC PLC haqida

    TBC Bank Group mas’uliyati cheklangan ommaviy kompaniya hisoblanadi. London fond birjasida ro‘yxatdan o‘tgan ushbu kompaniya TBC Bank AJ hamda asosan Gruziyaning moliya sektori va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan korxonalar guruhining xolding kompaniyasi sanaladi. TBC va uning sho‘ba kompaniyalari 38,1 foiz mijozlar krediti va 37,8 foiz mijozlar depoziti umumiy ulushi bilan Gruziya bozoridagi yetakchi universal bank guruhi hisoblanadi. TBC chakana xizmatlar, korporativ va mikro, kichik va o‘rta korxonalarni o‘z ichiga olgan biznesning barcha asosiy yo‘nalishlarida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Kompaniyaning moliyaviy xizmatlari an’anaviy bank takliflarini, shuningdek, sohadagi ilg‘or yechimlarni o‘z ichiga oladi. 2020-yil TBC PLC O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirib, “Space” platformasining fintech bazasida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni va chakana bank takliflarini mobil ilova orqali taklif qilishni boshladi.

    Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:

    https://www.tbcbankgroup.com

    https://www.tbcbank.ge/web/en

    Facebook: @tbcbankuz (https://www.facebook.com/tbcbankuz)

    Instagram: @tbcbankuzbekistan (http://instagram.com/tbcbankuzbekistan)

    Telegram: @tbc_bank_uzb (https://t.me/tbc_bank_uzb)

    Web: tbcbank.uz (https://tbcbank.uz/ru/)

    Call center: 1150 (24/7)

    IFC haqida

    IFC – Jahon banki guruhining a’zosi, faoliyati rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorga yo‘naltirilgan eng yirik global rivojlanish instituti. Ushbu korporatsiya dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritib, o‘z kapitali, tajribasi va nufuzini rivojlanayotgan mamlakatlarda bozorlar va imkoniyatlar yaratish uchun sarflaydi. 2021-yilda bunday davlatlarning xususiy kompaniyalari va moliyaviy muassasalariga IFC tomonidan rekord darajasidagi 31,5 milliard dollarlik mablag‘ ajratildi. Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatlar Covid-19 pandemiyasining oqibatlari bilan kurashayotgan bir paytda, ulardagi xususiy sektor imkoniyatlaridan foydalanib, haddan tashqari kambag‘allikka chek qo‘yish va umumiy farovonlikni oshirish edi. Qo‘shimcha ma’lumot olishni istasangiz, www.ifc.org saytiga tashrif buyuring.

    Aloqada qoling:

    www.facebook.com/IFCwbg

    www.twitter.com/IFC_org

    www.youtube.com/IFCvideocasts

    www.ifc.org/SocialMediaIndex

    www.instagram.com\ifc_org

    EBRD (YETTB) haqida

    YETTB uchta qit’aning 38 ta mamlakatida xususiy sektor va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirishga ko‘maklashib kelayotgan xalqaro moliyaviy tashkilotdir. Ushbu bank 71 ta davlatga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Yevropa investitsion bankiga tegishli. YETTBning sarmoyalari mamlakatlar iqtisodiyotini raqobatbardosh, inklyuziv, oson boshqariladigan, ekologik jihatdan toza va barqaror qilishga qaratilgan. Bugungi kunga kelib YETTB tomonidan O‘zbekistondagi 111 ta loyihaga 3,38 milliard yevro jalb qilindi.

    Reklama huquqi asosida.

    09.08.2022, 16:30   Izoh (0)   9127
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bu eng zo‘r “Coca-Cola”mi?: “Coca-Cola” shakarsiz mashhur ichimlikning yaxshilangan ta’mini chiqardi

    09.08.2022, 15:00

    Credit House’dan xonadon sotib olish uchun ajoyib taklif – “Yunusobod” turar joy majmuasi!

    09.08.2022, 12:00

    Olmazor Business City turar joy majmuasida dekabr oyida foydalanishga topshiriladigan xonadonlar sotilmoqda

    09.08.2022, 09:00

    O‘zbekiston yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi

    08.08.2022, 18:00

    Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti - UDEA (University of Digital Economics and Agrotechnologiyes) “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi

    08.08.2022, 12:00

    Transport vazirligining Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti pedagog xodimlarga tanlov e’lon qiladi

    08.08.2022, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lukashenko Si Szinpinga haykal o‘rnatishni taklif qildi

    Dunyo | 8 iyun, 11:20

    Ilon Mask Tramp bilan ziddiyatdan so‘ng moliya vaziri bilan mushtlashib ketgan — OAV

    Dunyo | 8 iyun, 10:50

    Polshaning yangi prezidenti Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 8 iyun, 10:20

    “Barselona” xorvat futbolchisini Yamal uchun munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

    Sport | 8 iyun, 09:49

    Qirg‘iziston O‘sh markazidagi Lenin haykalini olib tashladi

    Qirg‘iziston | 8 iyun, 09:40

    Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 09:12

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.