Xitoyda genipavirusning odamlarga yuqishi mumkin bo‘lgan yangi turi aniqlandi. Mamlakatda allaqachon ushbu virus bilan kasallanishning 35 ta holati qayd etilgan. Kasallik belgilari isitma, zaiflik va yo‘talni o‘z ichiga oladi. Virusning odamdan odamga yuqishi esa hozircha kuzatilmagan. Bu haqda mahalliy The Paper portaliga tayanib, “Kommersant” xabar qilmoqda.
Genipavirusning yangi turi New England Journal of Medicine jurnalida chop etilgan maqoladan ma’lum bo‘lgan. Kasallik Lanye virusi (LayV) deb ataladi va Nipah virusiga o‘xshaydi. LayV infeksiyasining o‘lim yoki og‘ir holatlari hali qayd etilmagan.
Olimlarning fikricha, Xitoyning Shandun va Xenan provinsiyalarida genipavirusning yangi turi bilan kasallangan 35 kishi aniqlangan. Uning genomi 18 402 nukleotiddan iborat. Bu genipavirusning boshqa besh turiga, birinchi navbatda Xitoyning Yunnan provinsiyasida topilgan Mojiang virusiga o‘xshaydi.
Virusning alomatlari orasida isitma, charchoq, yo‘tal, anoreksiya, miyalji (mushak og‘rig‘i), ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va qusish, trombotsitopeniya (qondagi trombotsitlar sonining kamayishi), leykopeniya (oq qon hujayralarining kamayishi), jigar va buyraklar faoliyatining buzilishi mavjud.
Olimlar Lanye virusini eng ko‘p yerteshar hasharotlarda (o‘rganilgan 262 hayvonning 27%) ekanligini aniqlagan. Shuningdek, virusga qarshi antikorlar itlarda (79 tadan 5%) va echkilarda (168 tadan 2%) topilgan. Tadqiqot kasallanganlarning qarindoshlari orasida kasallik holatlarini aniqlamadi, ammo olimlar namuna kichik ekanligini payqashdi. Qayd etilishicha, avvalgi tadqiqotlarda genipavirusning odamdan odamga yuqishiga imkon berilgan.
Hozirgi vaqtda genipavirusga qarshi vaksina mavjud emas. Davolashning yagona varianti asoratlarning oldini olish uchun qo‘llab-quvvatlovchi yordamdir. Odamlarga yuqadigan genipavirusning ikki turi aniqlangan: Nipah virusi va Hendra virusi. Ko‘rshapalaklar uning asosiy tashuvchisi hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, ularning o‘lim darajasi 40% dan 75% gacha, bu koronavirusdan ancha yuqori. Rossiyada 2021- yilda Nipah virusini aniqlash uchun test yaratilgan edi.
Mavzuga doir: AQSHda maymunchechak bilan kasallanish holati ko‘paysa, vaksina tanqisligi yuzaga kelishi mumkin