Yaqinda hind aktrisasi Kangana Ranaut Instagram sahifasida ta’kidlashicha, Amir Xonning o‘zi 1994-yilda “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Forrest Gamp” filmining rasmiy hindcha remeyki — “Laal Singh Chadha” filmining boykot tendensiyasini “nazorat qilgan”, deb yozadi Bollywoodtime.
Stories’lari bilan o‘rtoqlashar ekan, Kangana shunday deb yozdi: “Menimcha, Amirxon bo‘lajak filmining namoyishiga yaqin barcha salbiy narsalarni o‘zi mohirona nazorat qildi. Bu yil bitta ham Bollivud filmi ommalashmadi (“Labirint” sikveli bundan mustasno). Faqat mahalliy koloritdagi janubiy filmlar ish berdi. Gollivud remeyki baribir mashhur bo‘lmasligi aniq edi”.
Namoyish etilishiga bir necha kun qolganda “Laal Singh Chadha” beixtiyor bahslar markaziga aylandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari arxivlarni ko‘zdan kechirib, Amirxonning “Hindistonda murosasizlik kuchayishi” haqidagi bahsli bayonotini topib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatdi. 2015-yilda Amir Xon o‘z intervyusida shunday degan edi: “Mamlakatimiz juda bag‘rikeng, ammo g‘arazli niyatini amalga oshirmoqchi bo‘lganlar ham bor”. Uning sobiq rafiqasi Kiran Rao ham farzandlarining xavfsizligi uchun mamlakatni tark etish haqida o‘ylayotganini aytib, gazeta sarlavhalaridan joy olgandi.
Aktyorning so‘zlariga munosabat bildirgan foydalanuvchilar #BoycottLaalSinghChaddha va #Boycottaamirkhan kabi xeshteglar bilan postlar qoldirmoqda.
Shuningdek, aktyorga “Laal Singh Chaddha”ning suratga olish paytida Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an bilan u yerda uchrashgani ham eslatildi. Chunki Turkiyaning Hindistonga qarshi va Pokistonga tarafdorlik pozitsiyasi kuchayib borayotgani fonida odamlar bu uchrashuvdan norozi edi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi voqealar Xonni xavotirga soldi. U odamlardan filmlarini tomosha qilishni so‘rashiga to‘g‘ri keldi: “Bu Bollivudga boykot. Amir Xonga boykot. Filmga boykot. Ko‘pchilik meni Hindistonni yoqtirmaydi, deb o‘ylashi juda qattiq xafa qiladi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Men vatanimni juda yaxshi ko‘raman... Afsuski, ba’zilarning shunday deb o‘ylashi achinarli. Men hammani ishontirib aytmoqchimanki, bunday emas, shuning uchun filmlarimni boykot qilmang, ularni tomosha qiling”, — dedi Amir yaqinda Mumbay OAViga bergan intervyusida.
Film atrofidagi bahslarga Kanganadan tashqari aktyor Milind Soman ham aralashdi. U Amirni qisqa tvit bilan qo‘llab-quvvatladi: “Trolllar yaxshi filmni to‘xtatib qola olmaydi”.
“Laal Singh Chaddha” filmiga Advait Chandan rejissorlik qilgan. Filmda Amir Xon o‘zining “Uch savdoyi” filmidagi partnyorlari Karina Kapur va Mona Singh bilan ishtirok etdi. Shuningdek, loyihada Nagarjunaning o‘g‘li Naga Chaytana Bollivuddagi debyuti ijro etdi. Film prokatda Akshay Kumarning “RakshaBandxan” filmi bilan raqobatlashadi. Kartinaning namoyish etilish sanasi 2022-yil 11-avgustga belgilangan.
Bu Amir Xonning loyihalari tufayli odamlarning g‘azabiga birinchi marta duchor bo‘lishi emas. 2014-yilda uning “Pikey” filmi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan, xabarlarga ko‘ra, hatto tashkilotlari diniy his-tuyg‘ularni kamsitgani uchun filmni taqiqlashni talab qilgan. Odamlar “Pikey”da hindu xudolari masxara qilgan deb da’vo qiligan. Tanqidlarga qaramay, film butun dunyo bo‘ylab 832 million rupiy (104 million dollar) daromad to‘plagan.