Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

ISHID terrorchilik guruhi Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi guruh bayonotiga tayanib.

Foto: AP Photo

Shifoxona rasmiylari va guvohlarning aytishicha, Afg‘oniston poytaxti g‘arbida 6-avgust kuni portlash ro‘y bergan. Kobuldagi gavjum savdo ko‘chasida sodir bo‘lgan portlashda kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 22 kishi yaralangan.

Avvalroq Afg‘onistonda ISHID terrorchilari soni uch baravar oshgani ma’lum qilingandi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi