Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Afg‘onistonda o‘tgan yil avgustida hokimiyat tepasiga “Tolibon” harakati kelganidan keyin IShID terrorchilik guruhi tarkibi oshgan. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning soni 6 ming kishi deb baholanmoqda, toliblar endi hokimiyat tepasiga kelgan paytda esa ular taxminan 2 ming kishini tashkil qilardi, biroq toliblar kelguniga qadar IShID a’zolari soni 10 ming nafardan oshgan. “Uch karra ko‘payish bo‘ldi. Bu Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishining eng salbiy jihatidir”, — dedi Kabulov.

Diplomatning fikricha, Afg‘onistonda toliblar hukumatiga qarshi harakatlar davom etayotganiga qaramasdan, hozir “joriy hokimiyatga qarama-qarshilik yaratishi mumkin bo‘lgan kuch yo‘q”. “Tolibon” mamlakatni boshqarishni o‘rganishda davom etmoqda, haqiqiy etnosiyosiy inklyuziv hukumat yaratish zarurligi ularga “qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, yetib bormoqda”, biroq ular hozircha g‘oliblar toifasi bilan fikrlashda davom etib, o‘zlarini mamlakatni mustaqil boshqarishga munosib deb hisoblamoqda, dedi Kabulov.

“Gumanitar yordam mamlakatga kichik partiyalar bilan yetkazilib, xalqaro ko‘mak mablag‘lari muzlatilgan holatda turgan bir paytda, ‘Tolibon’ ko‘knor yetishtirilishiga qarshi kurasholmaydi”, — deya davom etdi Kabulov. Toliblar esa mamlakatni narkotiklardan ozod qilishga va’da bergandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)